insurez
20-06-2024 18:30

Adliya bo‘limi press-tur o‘tkazdi


OAV vakillari ishtirokida o‘tgan press-turda tuman Adliya bo‘limi tomonidan olib borilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Xususan, huqumitimiz tomonidan yangi qabul qilingan qonunosti normativ hujjatlarning hamda amaldagi qonunchilikning mazmun-mohiyati tushuntirib berildi.

Qayd etilganidek, tuman Adliya bo‘limi tomonidan 2024 yil iyun oyiga qadar 85 ta ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqildi. 55 ta qonun buzilish yuzasidan tashkilot va korxonalarga taqdimnomalar kiritib, fuqarolarning foydasiga 1 144 280 000 so‘m undirib berishiga erishildi. 47 ta tashkilot va korxona xodimlariga nisbatan ma’muriy javobgarlik bayonnomalari va takliflari kiritildi. 140 ta fuqarolar manfaatini ko‘zlab sudga da’vo arizalar kiritildi va ular qanoatlantirildi.

Press-tur davomida Gulobod mahallasida aholi banligini ta’minlash va adliya bo‘limi tomonidan ko‘rsatilgan yordamlar borasida qilinayotgan ishlar ko‘rsatib berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob olishdi.

Teglar
- -