insurez
10-06-2024 19:54

Aholining ma’naviyati yuksaldimi? Bu borada qanday ishlar amalga oshirildi?


“Gulobod tongi” gazetasi tahririyatida shu mavzuga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand tuman bo‘limi rahbari Ravshanjon Mukumov ishtirok etdi.
-  O‘tgan yillarga nazar soladigan bo‘lsak, har sohada yangilanishlar, inson farovonligi va qadr-qimmatini oshirishga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar amalga oshirildi, - deydi R.Mukumov. – Bugun ham yangi kreativ yondoshuvlarni ko‘rib, yuksalishlar tendensiyasining faol a’zosi sifatida quvonamiz.
Yetti yo‘nalishning beshinchi yo‘nalishida ma’naviy va ma’rifiy sohalarda islohotlarni amalga oshirish belgilangan. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasi amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Madaniyat va san’atni yuksaltirish, yoshlarni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash, millatlararo hamjihatlik va o‘zaro hurmatni mustahkamlashga ustuvor ahamiyat qaratiladi.
Ushbu konsepsiya asosida tumanimizda ham bir qator ishlar samarali amalga oshirildi. Jumladan, umumtalim maktablarida o‘tkazilgan “Marifatli yoshlar-millat fahri” mavzusigida tadbirlar avvalo, yoshlarni ma’naviy-axloqiy qadriyatlarini davr talablariga mos ravishda boyitish va rivojlantirish, shu orqali jamiyatning madaniy va ma’rifiy yuksalishiga erishish imkonini berdi.
"Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik", “Oilaviy ajrimlarning ko‘payishi – jamiyat tanazzuli, millat fojeasi” nomli yarashtiruv, “Bir nuroniy- o‘n nafar yoshga murabbiy”, “Bir ziyoli - bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida tumandagi barcha mahallalarda tashkil qilingan tadbirlar jamiyat a’zolarining ongi va tafakkurini, hayot falsafasi va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qildi.
Aholi, ayniqsa, yoshlarning intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalash maqsadida  “Mard askar - yoshlarga namuna” shiorida tadbirlar o‘tkazildi.
Ilm-fan, madaniyat va san’at, adabiyot va badiiy ijod sohalarining tumanimiz taraqqiyotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirishga qaratilgan “Vatan taraqqiyotiga mening hissam”  ko‘rik-tanlovi, Alisher Navoiyning, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan tadbirlar, "Eng yaxshi kitobxon", "Eng yaxshi kitobxon mahalla", "Ona bola kitobxon" ko‘rik tanlovi, "Eng namunali Ma’naviyat va ma’rifat xonasi" ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Yoshlar ishtirokida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” loyihasi asosida joriy yilning 23-25 mart kunlarii Samarqand tuman xalq ta’limiga qarashli barcha umumta’lim maktabi faol, iqtidorli va uyushmagan yoshlari Samarqand shahrida joylashgan tarixiy obidalarga tashriflari uyushtirildi.
Tuman xokimligida va maxalla, talim muassasalarida “Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari” va "Yangi O‘zbekiston-uchinchi renessans sari" mavzusida ma’ruzalar qilindi.
Bundan tashqari, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasida yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga ham jiddiy e’tibor qaratyapmiz.
Anjumanda ishtirokchilar o‘zlarining savollariga javob olishdi.

Teglar
- -