Anjumanda ko‘chatchilik istiqbollari xususida so‘z bordi
Tuman hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sadullo Uzoqov ishtirokida o‘tkazilgan navbatdagi matbuot anjumanda ko‘chatchilik istiqbollariga alohida to‘xtaldi.
Samarqand tumanida Akademik Maxmud Mirzaev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti ko‘chat yetishtirish bilan foliyat yuritib kelmoqda. Mazkur ilmiy tajriba stansiyasi olimlarini ilmiy izlanishlari O‘zbekiston mevachilik va uzumchilikning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan bo‘lib, asosan intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etish, yuqori mahsulli, sifatli meva va uzum navlarini yaratish, maxalliy, chetdan keltirilganlarini o‘rganish natijasida istiqbolli navlarni ajratish va ularni xo‘jaliklarga tatbiq etishga qaratilgan.
Hozirgi paytda ilmiy izlanishlar quyidagi yo‘nalishlarda olib borilmoqda. Xususan, seleksiya yunalishida nok shirasiga, issiqlikka chidamli, yuqori mahsulli, sifatli nok navlarini yaratish. Shuningdek, yangi, mahalliy va chetdan keltirilgan meva navlarini o‘rganish natijasida jahon talablariga javob beruvchi istiqbolli navlarni ajratish, katta donali, urug‘siz, muskat tamli, erta va kech pishuvchi kasalliklarga chidamli uzum navlarini yaratish, o‘rganish va ajratish, kompleks chidamli yuqori sifatli, ko‘mmasdan o‘suvchi uzum navlarini yaratish, o‘rganish va ajratish, yangi istiqbolli meva va uzum navlaridan onalik bog‘lari yaratishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Samarqand ilmiy tajriba stansiyasida qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yer maydoni 220,7 gektar bo‘lib, shundan mevali bog‘lar 109,0 gektar, uzumzorlar 58 gektar, meva ko‘chatzori 15,45 gektar, tok ko‘chatzori 6,25 gektar, g‘alla 5,0 gektar va sabzavot 24,39 gektarni tashkil kiladi.
Ushbu yerlarda bugungi kunda meva sabzavotlarning istiqbolli navlarini yaratishga jiddiy yondashib kelinmoqda. Kelgusida bu boradagi ishlardan ulkan natijalar ktilyapti.
Anjumanda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.