insurez
27-02-2025 17:22

Ayni vaqtda Xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashining navbatdagi 6-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda


Unda tuman Kengashi deputatlari, siyosiy partiyalar hamda kun tartibidagi masalalarga aloqador korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etmoqda.

Sessiya ishini tuman Kengashi raisi S.Usmanov olib bormoqda.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan Samarqand tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i T.Suvonovning “Sog‘liqni saqlash tizimida 2024 yil davomida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar to‘g‘risida”gi hisoboti tinglanmoqda. Shuningdek, Samarqand tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i N.Muminovning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PF-5415- Farmoniga muvofiq 2024 yil davomida tuman darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarida norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risida”gi axboroti haqida.

“Samarqand suv ta’minoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati Samarqand tumani filiali boshlig‘i S.Xamidovning 2024 yil davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti haqida.

Samarqand tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i S.Saidqulovaning 2024 yilda amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti haqida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri B.Qo‘ldoshevning “Aholi muammolari, hokim yordamchilari faoliyati, tumandagi korxona va tashkilotlarda murojaatlar bilan ishlash holati, sektor rahbarlari tomonidan sayyor qabul o‘tkazilishi va unda kelib tushgan murojaatlarning ijrosini holati to‘g‘risida”gi axborotnomasi haqida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori U.Mamadiyorovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28-sentyabrdagi “Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi”gi PQ-319-sonli qarorining tumanda ijrosini samarali ta’minlash to‘g‘risida”gi hisoboti haqida.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan o‘z saylovchilari oldida axborot berish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida.

Tumanda fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori darajada o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-sonli Qonunining ijrosini ta’minlash to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Farmoni ijrosini ta’minlashda davlat organlari va tashkilotlarini faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari muhokama etilmoqda.

Teglar
- -