“Azam Azamat Agro”da chorvachilik va to‘qsonbosti ekinlari bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazilmoqda
Samarqand tumanidagi “Azam Azamat Agro” fermer xo‘jaligida chorvachilikni rivojlantirish hamda to‘qsonbosti ekinini samarali ekish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari Botir Jabborov, Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari Ro‘ziev Zafar, tuman hokimi Sirojiddin Usmonov, shuningdek Jizzax va Samarqand viloyatlarining sohaga mas’ul vakillari va mutaxassislari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida ilg‘or tajribalar almashish, mavsumga tayyorgarlik ishlari va fermerlar uchun amaliy ko‘rsatmalar berildi





