Birlashgan Arab Amirliklari mutaxassislari Samarqand tumanidagi “Navobod Naslli Parranda” faoliyati bilan tanishdi
Birlashgan Arab Amirliklaridan kelgan inspeksiya guruhi Samarqand viloyatining Samarqand tumanida joylashgan “Navobod Naslli Parranda” fermer xo‘jaligida bo‘ldi. Tashrif davomida xorijlik mutaxassislar xo‘jalikdagi ishlab chiqarish jarayonlari, bioxavfsizlik tizimi hamda veterinariya-sanitariya talablariga rioya etilish darajasi bilan yaqindan tanishdilar.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, “Navobod Naslli Parranda” fermer xo‘jaligida yaratilgan sharoitlar, zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan ishlab chiqarish tizimi xorijlik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari vakillari O‘zbekistonda parrandachilik mahsulotlariga nisbatan belgilangan xalqaro talablarning bajarilishini yuqori baholab, mazkur xo‘jalik faoliyatini eksport salohiyatiga ega korxonalar sirasiga kiritish bo‘yicha takliflarini bildirdilar.
Tashrif yakunida mutasaddilar tomonidan tegishli sertifikatlashtirish jarayonlari yuzasidan amaliy kelishuvlarga erishildi.





