insurez
11-07-2024 14:15

Bo‘sh ish o‘rindlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi


Smarqand tumanida kunlik ishchilarni doimiy ishga joylashtirish hamda bandligini taminlash maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Yarmarkada  tumanda  faoliyat olib borayotgan 32 ta ishlab chiqarish va sanoat korxonalari o‘zlarida mavjud 377 ta bo‘sh (vakant) va zahiradagi (kvotalangan) ish o‘rinlari bilan qatnashdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi mehnat migratsiyasi agentligining Samarqand viloyat boshqarmasi 24 dan ortiq xorijiy davlatlardagi 1000 dan ortiq ish o‘rinlari bilan ham ishtirok etdi.

Yarmarkada 670 nafarga yaqin ishsiz fuqarolar qatnashgan bo‘lsa shularning 200 nafarini yoshlar va 550 nafarini ayollar tashkil etdi.

Tadbirda tegishli hamkor davlat tashkilotlari tomonidan sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida ishga tushadigan loyihalar hisobiga yaratiladigan ish o‘rinlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi. O‘tkazilgan mehnat yarmarkasida 24 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun, 17 nafariga kasb-hunarga o‘qitish uchun yo‘llanmalar berildi.  

Tadbirda tuman hokimi S.Usmanov va viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Z.Raxmanovalar ishtirok etdi.


 

Teglar
- -