insurez
28-12-2024 12:36

Bugungi kungacha 430 ta noqonuniy qurilish ishlari aniqlangan


“Gulobod tongi” gazetasi tahririyatida o‘tkazilgan matbuot anjumanida shu xususida so‘z bordi.

Unda Samarqand tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Suxrob Mirsaidov ishtirok etdi.

Anjumanda ta’kidlanganidek, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyuldagi 467-sonli qaroriga asosan aholi punktlarini qurishda shaharsozlik va yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga qat’iy rioya yetilishini ta’minlashda mahalliy davlat hokimiyati organlarining mas’uliyatini oshirish, tadbirkorlik maqsadlari uchun yer ajratish tartibini yanada takomillashtirish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni aniqlash hamda bartaraf yetish choralarini kuchaytirish maqsadida Samarqand tumanida Kadastr agentligi xodimlari tomonidan bir qancha huqubuzarlik aniqlanib, unga nisbatan qonuniy choralar ko‘rib kelinmoqda.

Jumladan, bugungi kungacha 430 ta noqonuniy qurilish ishlari aniqlangan. Shundan 17 tasi o‘z ixtiyori bilan bartaraf yetilgan, 60 tasi qonuniy chora ko‘rilgan 25 tasi hujjatini taqdim qilgan 15 tasiga sud jarayoni davom yetmoqda qolganlariga muddat berilgan o‘z ixtiyori bilan bartaraf yetishga.

Yuqorida belgilangan  Nizomga O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi, Yer kodeksi va Fuqarolik kodeksiga muvofiq o‘zboshimchalik bilan qurilgan (qurilayotgan) uy-joy, boshqa bino, inshoot yoki o‘zga ko‘chmas mulkni aniqlash va bartaraf yetish (buzib tashlash)ni tashkil yetish, aholi noqonuniy qurilishlar qilsa albatta uning oldini olinishi va qonuniy tarzda buzib tashlanishi tushintirilib kelinmoqda va busohada jadal ishlar davom yetmoqda.

Tadbirda ishtirokchilar savollariga batafsil javob olishdi.

Teglar
- -