insurez
19-08-2024 11:38

Davlat Kadastrlari palatasi Samarqand tuman filialiga press-tur tashkil etildi


- Tashkilotimizda bugungi kunda 30 nafar xodim faorliyat olib bormoqda, - deydi Davlat Kadastrlari palatasi Samarqand tuman filiali rahbari Sayyod Ro‘ziev. – Bugungi kunda korxonamiz tomonidan ko‘chmas mulk ob’ektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda. Shuningdek, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ko‘chmas mulkni bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilash kabi faoliyatlar bilan jadal shug‘ullanib kelinmoqda.

Qayd etilganidek, kadastr pasportini berish uchun undiriladigan to‘lov miqdorlari Vazirlar Mahkamasining «Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida» 2014 yil 10 iyuldagi 186-son qaroriga asosan belgilanadi.

Hozirgi paytda korxona balansida bo‘lgan bino to‘liq ta’milandi va ko‘shimcha 200 kv. metr bino inshootlar qurildi. Yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan kuchmas mulk ob’ektiga tegishli hujjatlarni saklash uchun arxiv xonasi zamonaviy, xavfsiz qilib kayta ixtisoslashtirildi.

Press tur davomida Kadastr agentligining Samarqand tuman bo‘limi faoliyati bilan ham tanishildi.

Kadastr agentligining Samraqand tuman bo‘limi tomonidan joriy yilning 8 oy mobaynida aniqlangan noqonuniy qurilishlarga nisbatan uch milliard so‘mdan ortiq jarimalar qullanilgan bo‘lib, turt yuz qirq yetti million so‘mdan ortiq miqdoridagi jarimalarni o‘ndirishi ta’minlangan.

Press-turda ommaviy axborot vositalari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob olishdi.

Teglar
- -