Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yerlaridan unumli foydalanish bo‘yicha ma’lumot berildi
“Gulobod tongi” gazetasi tahririftida bo‘lib o‘tgan matubot anjumanida tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Shavkat Hasanov ishtirok etdi. Unda tumanda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yerlaridan unumli foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Anjumanda qayd etildiki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishlok xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PK-20-son hamda 2022 yil 10 sentyabrdagi “Dehqon xo‘jaliklari tashkil etishni qo‘llab kuvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PK-373-son qarorlariga asosan 1 ming 645 nafar fuqarolarga ijara huquqi asosida dehqon xo‘jaliklari tashkil qilish uchun 484 gektar auksion orqali yer maydonlari ajratib berilgan.
Aholi ixtiyoridagi 3 ming 130 gektardan ortiq tomorqa ekin maydonlaridan 2-3 marta hosil olish uchun tomorqada almashlab ekishni tizimli tashkil etish bo‘yicha mahallabay dasturlar ishlab chiqish orqali 2478 gektar tomorqa maydonlariga ertaki, takroriy va to‘qsonbosti usulida ekinlar ekish ta’minlan. Tumandagi 51 ming 954 ta aholi tomorqalarining 3 ming 130 gektar ekin maydonida almashlab ekish orqali 2024 yilda jami 9 ming 287 gektar, shundan 2 ming 478 gektarerta bahorgi, 2 ming 636 gektar takroriy hamda 3005 gektar to‘qsonbosti usulida ekinlar ekildi. Natijada 49,5 ming tonna mahsulot yetishtirildi.
“Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida 52 ta MFYda jami 34 ming 123 ta xonadonlar ixtisoslashtirildi. Tumanda meva-sabzavot ko‘p yetishtiriladigan MFYlarda aholi tomorqalariga kompleks xizmat ko‘rsatishni tashkil etish uchun har bir sektorga 1 tadan jami 4 ta tomorqa xizmati MChJlar faoliyatini yo‘lga qo‘yildi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha bo‘lgan zanjirni kooperatsiya usulida qamrab oluvchi yangi tizimni joriy qilish maqsadida 1 sektordagi lider tadbirkor “Agromir” MCHJ, "SAM FRUIT" AJ, "Gulobod eko agrolagistika markazi" MChJ tomonidan 12 ming 210 ta xonadon, ekin maydoni 568 gektar, 2 sektordagi lider tadbirkor “A`zam Azamat Agro” FX, "Marokand fruit gardens" MCHJ, "Gulobod eko agrolagistika markazi" MChJ 15 ming 233 ta xonadon, yer maydoni 709 gektar, 3 sektordagi lider tadbirkor "Rustamov Temur Aleksandrovich" FX, “Shavkat Ubaydov FX”, "Gulobod eko agrolagistika markazi" MChJ 14 ming 798 ta xonadon, ekin maydoni 689 gektar, 4 sektordagi lider tadbirkor “Agromir” MCHJ, "Samfruit" AJ, "Gulobod eko agrolagistika markazi" MChJ 9 ming 713 ta xonadon, ekin maydoni 452 gektar yer maydonlari hamda aholi xonadonlari biriktirildi.
Anjumanda mavzu yuzasidan savollarga javob berildi.