insurez
07-10-2024 10:47

Gulobod qo‘rg‘onida olib borilayotgan obodonlaltirish ishlari o'rganildi


Samarqand tuman hokimi Sirojiddin Usmonov tumanning Gulobod qo‘rg‘onida olib borilayotgan obodonlaltirish ishlarini ko‘zdan kechirmoqda.

Qayd etish kerakki, hududda mavjud daraxtlar oqlanib, ularga shakl berilmoqda. Ariq va zovurlar turli chiqindilardan tozalanmoqda.

O‘rganish davomida rahbarlar aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Shuningdek, Sanepidqo‘mita Samarqand tuman xodimlari aholi o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari olib borishmoqda.

Teglar
- -