“Gulobod tongi” gazetasi tahririyatida matbuot anjumani o‘tkazildi
Tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Akbar Mahmudov ishtirokida o‘tkazilgan anjumanda nogironligi bo‘lgan fuqarolarni kafolatli ish o‘rni va daromad manbai bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 oktyabrdagi 799-son qaroriga asosan “Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish buyicha” tumandagi 6 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolarni ular yashaydigan mahallalarida jamoat ishlariga, 3 nafari bo‘sh hamda zaxiralangan ish o‘rinlariga ishga joylashishiga ko‘maklashildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 dekabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlanma qo‘llab-quvvatlash, ularni bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-57-sonli qarori ijrosi bo‘yicha joriy yil davomida 12 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga subsidiya berish orqali ishga joylashtirildi.
Joriy yilning o‘tgan davrida o‘qish istagini bildirgan 10 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolar Samarqand shahar "Ishga marhamat” monomarkazga o‘qishga joylashtirilgan.
Shuningdek, “Temir, Ayollar, Yoshlar daftarlar”dagi fuqarolarga ham 8 turdagi jami 465,4 mln so‘mlik yordamlar ko‘rsatildi.
Anjumanda ishtirokchilar savollariga javob olishdi.