“Gulobod tongi” gazetasi tahririyatida navbatdagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
Unda tuman telekom ielekommunikatsiya bog‘lamasi boshlig‘i Faridun Sharopov ishtirok etdi. Anjumanda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha Samarqand tumanida 2023 yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Ta’kidlanganidek, aholi hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga kerakli qulayliklar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi hamda vazirlik tizimidagi soha korxonalarining viloyat bo‘linmalari tomonidan belgilangan talablar asosida viloyatimiz aholisini simli telekommunikatsiya tarmog‘i, sifatli mobil aloqa va mobil internet xizmatlari hamda teleradio xizmatlari bilan ta’minlash maqsadida tegishli davlat organlari hamda mahalliy ijro hokimiyati bilan hamkorlikda bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, raqamli infratuzilmani rivojlantirish doirasida tuman bo‘yicha 38,6 km. optik tolali aloqa kabel, 120 km abonentlik kabellari yotqizildi. Shuningdek, tuman bo‘yicha jami yotqizilgan optik tolali aloqa kabellari uzunligi 1232,6 km. dan ortikni tashkil etdi.
Ushbu optik tolali aloqa kabellarining yotqizilishi bilan birgalikda, 2023 yilda tuman bo‘yicha montaj sig‘imi 2048 ta abonent ulash imkoniyatiga ega bo‘lgan 2 ta kichik mini stansiyalar va 5120 ta portli 6 ta zamonaviy OLT telekommunikatsiya qurilmalari o‘rnatildi. Ushbu qurilmalarning o‘rnatilishi natijada, tumanizdagi ATSlarning umumiy sig‘imi 52175 mingtadan ortdi, keng polosali portlarning umumiy sig‘imi 15 mingga yetkazildi. Keng polasali portlarning umumiy sig‘imi o‘tgan yilning shu davriga 2 baravar o‘sishiga erishildi. Keng polosali telekommunikatsiya tarmog‘idan foydalanuvchilar soni 54316 mingtaga oshirilib, umumiy foydalanuvchilar soni 20500 mingtaga yetdi. Shundan xonadon soniga nisbatan 38% ni tashkil etadi.
Ijtimoiy soha ob’ektlarini yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulash yo‘nalishi bo‘yicha tumanimizda mavjud 54 ta xalq ta’limi ob’ektlaridan barchasiga, 43 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari va 18 ta sog‘liqni saqlash ob’ektlaridan barchasiga optik tolali aloqa kabellari yotqizildi. Natijada, optik tolali aloqa kabeli orqali itnternet tarmog‘iga ulangan xalq ta’limi ob’ektlari soni 54 tani, maktabgacha ta’lim ob’ektlari soni 43 tani va sog‘liqni saqlash ob’ektlari soni 18 tani tashkil etdi. Undan tashkari 35 ziyod nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalariga xam optik aloka kabeli tortilib internet tarmogi tashkillashtirib berildi.
Anjumanda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi