insurez
16-05-2024 18:05

Harbiy xizmat – sharafli burch


Yurt sarhadlarini himoya qilish, Vatan posboni bo‘lish hamma zamonlarda ham yigit kishining eng muqaddas vazifasi, burchi hisoblangan. Mustaqillik yillarida esa mamlakatimizda harbiy xizmatning nufuzi, obro‘-e’tibori yuksak darajaga ko‘tarildiki, endilikda armiyaga borish, Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilish nafaqat konstitutsiyaviy burch, balki qat’iy maqsad, yuksak ma’nodagi shon-sharaf ishiga aylandi.

"Gulobod tongi" gazetasi tahririyatida o‘tkazilgan matbuot anjumanida tuman Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i G‘ayrat Qurbonov tomonidan bu borada tumanda olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

— 2023-2024-yillar chaqiruv mavsumida 1997-2006-yillarda tug‘ilgan o‘smir yoshlarni muddatli harbiy, Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatga va muqobil xizmatga chaqirilishi bo‘yicha qator tadbirlar amalga oshirildi,-dedi G‘. Qurbonov. —O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 12 fevraldagi PQ-68-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 2022 yil 10 sentyabrdagi 666-sonli buyrug‘iga asosan  tuman Mudofaa ishlari bo‘limida  hududda istiqomat qiluvchi 18 yoshga to‘lgan hamda chaqiruv muddatini kechiktirish huquqini yo‘qotgan chaqiruv yoshidagi fuqarolar 2024 yil chaqiruv mavsumida muddatli harbiy xizmat, Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatga va muqobil xizmatga chaqiruv ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida tuman hududiy va tibbiy komissiyasi tashkil etilgan.

Shuningdek, xizmatga chaqiruv ishlarini sifatli o‘tkazish maqsadida muddatli harbiy xizmat, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash uchun tanlangan chaqiriluvchilarning oilaviy sharoiti va boshqa ma’lumotlarni o‘rganish rejasi ishlab chiqildi va ushbu reja asosida jami 2392 nafar chaqiriluvchilarning oilaviy sharoiti va boshqa ma’lumotlari o‘rganib chiqildi.

Umumiy tibbiy ko‘rikdan o‘tgan chaqiriluvchilar 1224 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, shulardan

143 nafari maxsus komandalarga saralandi, 620 nafari safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga saralangan bo‘lsa, 130 nafari harbiy xizmatga yaroqsiz, 265 nafari chaqirilishi muddati kechiktirilgan va 149 nafari davolanishga muhtojlar deb topildi.

Bundan tashqari viloyat Mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmasi tomonidan belgilangan rejaga asosan 63 nafar chaqiriluvchilar muddatli harbiy xizmatga yuborildi. Ushbu mavsumda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 96 ta chaqiriluvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 252-sonli qaroriga asosan 608 171 200 so‘mlik pul badallari o‘tkazilib, barchalari 1 oylik harbiy yig‘inni o‘tab keldilar.

Shu bilan bir qatorda  tuman Mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha 13060-harbiy qism bilan hamkorlikda 100 dan ortiq tadbirlar o‘tkazildi va 10-11sinf o‘quvchilariga “Vatan tayanchi otryadi” ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

Teglar
- -