insurez
07-05-2024 17:48

Hokim o‘rinbosari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi


Samarqand tumani Matbuot uyida o‘tkazilgan “2024 yilda xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash” mavzusidagi anjumanda tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir, ishsiz va ijtimoiy faol bo‘lmagan xotin-qizlar bilan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularni ijtimoiy, huquqiy, psixologik, tibbiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash belgilangan.

Samarqand tumanida 134 800 nafar xotin-qizlar istiqomat qiladi. Joriy yilning 8-20 aprel kunlari Samarqand tuman mahallarida ishsiz xotin-qizlar, ularni bandligini ta’minlashga oid ehtiyojlari, tadbirkorlikka qiziqishi savolnoma asosida o‘rganish olib borildi.

So‘rovnoma natijasida 3169 nafar ishsiz xotin-qizlar aniqlandi. 659 nafar xotin-qizlarni bo‘sh va yangi yaratiladigan ish o‘rinlarga joylashtirish, 198 nafarini jamoat ishlariga, 891 nafarini kasb-hunarga o‘qitish, 24 nafariga kreditlar ajratish, 92 nafarini hunarmandchilik va kasanachilik, 1233 nafarini o‘z-o‘zini band qilish va 72 nafar xotin-qizlarni tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish orqali ularning bandligi ta’minlash reja qilingan.

Shu asosda joriy yilning o‘tgan davrida tumanda 713 nafar xotin-qizlar bandligi ta’minlandi.

Qayd etish kerakki, har yili yaratilayotgan ish o‘rinlarining 90 foizi xususiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelayotgan, tikuvchilik sohada mehnat qilayotgan aholi orasida ayollar ulushining ham yuqoriligi, ayniqsa, quvonarlidir.

Tumandaning har burchagida ro‘zg‘or yumushlari, farzand tarbiyasidan ortib, jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yib, odamlarni ish bilan ta’minlayotgan minglab tadbirkor xotin-qizlarni uchratish mumkin. Ularning aksariyati ishni eng boshidan, ming mashaqqatlar bilan boshlab, barcha qiyinchiliklarga qaramay, oyoqda dadil turib olgan ayollardir.

Kelgusida bu boradagi ishlarimizni yanada jadallashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Anjuman davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob olishdi.

Teglar
- -