Ijtimoiy og‘ir holatdagi oilalarga moddiy yordam beriladi
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Samarqand tumani “Shirinobod” mahallasida yashovchi oilaning og‘ir ijtimoiy holati tasvirlangan, oila a’zolari tomonidan mutasaddilarga yordam so‘rab qilgan murojaatlari natijasiz qolgani ta’kidlangan video murojaat e’lon qilindi.
Samarqand tuman mahallalar uyushmasi bo‘limi mas’ullari ushbu holatni joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Aniqlanishicha, videoda tasvirlangan hodisa haqiqatdan yiroq bo‘lib, murojaatchilarga yillar davomida mahalla, tuman mas’ullari va homiylar tomonidan moddiy yordam ko‘rsatilib kelingan. Shuningdek, oila a’zolariga turli ish ham taklif qilingan.
Kelgusida ham ushbu oilaga tegishli yordamlar ko‘rsatilishi belgilab olindi.