insurez
27-08-2025 15:17

"Inson" – insonga koʼmakchi!


Ana shu shior ostida Samarqand tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun navbatdagi kouching tashkil etildi. Treningda aholiga 115 turdagi ijtimoiy xizmat va yordamlar haqida keng qamrovli tushunchalar berildi.

Ijtimoiy xodimlar tomonidan koʼrsatiladigan xizmat turlari sahna chiqishlari orqali vizual tarzda namoyish etildi.  Shuningdek, markaz psixologi tomonidan ruhiy barqarorlikka doir mashgʼulotlar oʼtkazildi. Fuqarolar savol-javoblar orqali kerakli maʼlumotlarga ega boʼlishdi.

Trening yuqori ruhda oʼtib, aholida ijtimoiy xizmatlar haqidagi xabardorlikni oshirishga xizmat qildi. Bu kabi treninglar kelgusida ham rejali tarzda tashkil etilib boriladi.

Teglar
- -