insurez
30-07-2024 15:39

“Jamoat eshiklari” MchJga press-tur tashkil etildi


Samarqand tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan press-tur tashkil etildi.

OAV vakillari tumandagi “Gulobod” mahallasida joylashgan “Jamoat eshiklari” MChJga tashrif buyurishdi. Bu yerda korxona faoliyati bilan bir qatorda bo‘lim tomonidan aholi banligini ta’minlash borasida qilinayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shuningdek, tadbir davomida kvota va vakant ish o‘rinlariga ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash va imkoniyati cheklangan fuqarolarni doimiy ish bilan ta’minlash yuzasidan qilinayotgan ishlar to‘g‘risida keng ma’lumot berishdi.

Xususan “Jamoat eshiklari” MChJda 14 nafarga yaqin ishchi o‘rinlari yaratilib, shullardan 2 nafari imkoniyati cheklangan fuqarolar doimiy ish bilan band bo‘lib kelmoqda.

Teglar
- -