insurez
10-05-2024 11:32

Joriy yilda 23 088 ta doimiy, mavsumiy va vaqtincha yangi ish o‘rinlari yaratiladi


Tuman hokimligida 2023-yil yakunlari va 2024 yildagi rejalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Unda tuman hokimligi axborot xizmati rahbari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

- Qayd etish kerakki, tumanda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar avvalo xalq manfaati, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan, - dedi tuman hokimligi axborot xizmati rahbari B.Xonkeldiev. - Bu borada aholini ish bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, 2023 yilda ishsiz fuqarolarni doimiy ishga joylashtirish bo‘yicha jami 2072 nafar ishsiz fuqaroni iqtisodiyotning turli sohalaridagi korxona va tashkilotlarda bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashtirish rejalashtirilgan edi. Amalda 2107 nafar ishsiz fuqaro yo‘llanma orqali ishga joylashtirildi. Shuningdek, 2023 yilda jami 402 nafar fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan.

2023 yil yanvar – dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-55, PQ-39 sonli qarorlari ijrosi yuzasidan hokim yordamchilari tomonidan berilgan ijobiy tavsiyanomalari asosida 2383 nafar fuqaroga 46,8 mlrd. so‘m ajratildi. Natijada 2 177 nafar yangi ish o‘rni yaratildi. Hokim yordamchilari ko‘magida tadbirkorlik qilish istagi bor fuqarolar ONLAYN-Mahalla.uz platformasi orqali ariza topshirib, imtiyozli kreditlar uchun tavsiyanoma olib tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqda.

Ajratilgan kreditlar yunalishlar kesimida tahlil qilinganda 5 ta asalarichilik yo‘nalishida qiymati 120,7 mln.so‘mlik, 104 ta issiqxonachilik yo‘nalishida 3,3 mlrd.so‘mlik, 131 ta qishloq xo‘jaligi texnikasi yo‘nalishida 2,2 mlrd.so‘mlik, 1449 ta parrandachilik yo‘nalishida 4,7 mlrd.so‘mlik, 1037 ta tikuvchilik yo‘nalishida 8,0 mlrd.so‘mlik, 137 ta xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida 3,9 mlrd.so‘mlik, 222 ta chorvachilik yo‘nalishida 6,3 mlrd.so‘mlik loyihalariga ijobiy tavsiyanomalar berildi.

Tumanimizda hokim yordamchilari ko‘magida 400 nafar fuqaroga jami 1 mlrd 233 mln so‘mlik asbob uskunalarga subsidiyalar ajratildi.

Hokim yordamchilari ko‘magida bugungi kunga qadar 443 ta mikroloyhalar ishga tushirilib mazkur loyhalar qoshida jami; 1173 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Jori yilda tumanda 2024 yilda ishsiz fuqarolarni doimiy ishga joylashtirish bo‘yicha jami 2399 nafar ishsiz fuqaroni iqtisodiyotning turli sohalaridagi korxona va tashkilotlarda bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashtirish rejalashtirilgan. Tumanda 2024 yilda jami 562 nafar fuqarolar haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilinishi rejaga kiritilgan.

Joriy yilda jami 23 088 ta doimiy, mavsumiy va vaqtincha yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha dastur rejalashtirilgan bo‘lib, sohalar va tarmoqlar kesimi buyicha aytadigan bulsak, 13 635 nafar fuqaroni “Xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlik” yunalishida hududlarda tashkil etiladigan mikroloyihalar va mikromarkazlar, savdo-servis, hunarmandchilik, turizm va norasmiy ishchilarni rasmiylashtirish hisobidan bandligi ta’minlanadi. 6782 nafar fuqarolarni  “Qishloq xo‘jaligi” yunalishida dehqon xo‘jalik uchun yer ajratish, klasterlarga, fermerlarga, pillachilik, takroriy ekin uchun yerni ijaraga berish hisobidan bandligi ta’minlanadi, 1596 nafar fuqarolarni Investitsiya yunalishda hamda 1075 nafar qurilish yunalishida band qilinishi rejalashtirilgan.

Anjumanda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

Teglar
- -