insurez
28-06-2024 17:47

“Jurnalistlar bog‘i”ga press-tur tashkil etildi


2021-yil 9-sentyabr kuni davlatimiz rahbari boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda butun mamlakatimiz bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi tatbiq etish va hududlarda har yili kamida 200 million tup daraxt ko‘chatlari ekish bo‘yicha aniq belgilab berilgan vazifalar ijrosi ta’minlash bo‘yicha Samarqand tumanida xam salmoqli ishlar amalga oshirildi.

Jumladan tuman hududida 2024-yil bahor mavsumida 488,25 ming dona daraxt ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgi kunda qadar tumanimiz hududida 537,35 ming tup manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari, jumladan, kashtan, qayrog‘och, pavloniya, katalpa, yapon safurasi, chinor, shumtol, manjnuntol, oq qayin va boshqa turdagi daraxt va buta ko‘chatlari ekilib, reja 110 % bajarildi.

Tuman ekologiya bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan press-turda OAV vakillariga bu borada to‘liq ma’lumot berildi. Shuningdek, press-tur davomida jurnalistlar Samarqand tumanida tashkil etilgan “Jurnalistlar bog‘i”da ham bo‘lib, bog‘ni sug‘orish jarayonida faol ishtirok etishdi.

Qayd etilganidek, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi mutaxassislari tomonidan maxsus planshet orqali har bir ekilgan mevali va manzarali ko‘chatlarni hatlovdan o‘tkazish bo‘yicha moddiy texnik baza yaratilib, ekilgan ko‘chatlar lakatsiyasi olinib “Yashil makon” elektron platformaga kiritildi hamda mas’ul shaxslarga biriktirilib, hozirgi kunda ekilgan daraxtlar nazorat qilib borilmoqda.

Teglar
- -