insurez
08-06-2024 14:49

Ko‘saho mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi


Tumandagi Ko‘sag‘o va Xo‘ja Ahrori Valiy mahallasi aholisi uchun tashkil etilgan qabulda tuman hokimi, sektor rahbarlari, mutasaddi korxona va tashkilot vakillari, tadbirkorlar ishtirok etdi.

Qabulda yig‘ilgan fuqarolar tomonidan mahalladagi eletr simyog‘ochlarni almashtirish borasidagi murojaatlari mas’ullar tomonidan muhokama qilindi. Shuningdek, Samarqand tumani A378 va 4K-533a avtomobil yo‘lining U.Samiyev va H.Boyqaro ko‘chalari chorrahasida 3 dona "Sova-M" rusumli videokuzatuv moslamasi o‘rnatilgani, videokuzatuv moslamasi transport vositalarining yo‘l belgilari yoki yo‘lning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qo‘yilgan to‘xtash va to‘xtab turish talablariga rioya qilmagan qoidabuzarliklarni aniqlayotgani muhokama etildi.

Bu borada fuqarolarning fikr-mulohazalari tinglandi. Qabulda mazkur masala yuzasidan mahalla faollari, mas’ul tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzilishi, holatni keng jamoatchilik vakillari bilan birgalikda o‘rganish kelishib olindi.

Bildirilgan har bir murojaat yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.


 

Teglar
- -