insurez
29-07-2024 13:04

“Mahalla yettiligi” hisobot berdi


“Mahalla yettiligi” a’zolari – mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘ini oldida har chorakda hisobot berish tartibi belgilangan.

Shunga asosan ayni kunlarda Samarqand tumanidagi 74 mahalla yetilligi fuqarolar oldida hisobot berishmoqda. Unda yettilikning har bir a’zosi o‘z faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha batafsil hisobot berdi.

Uchrashuvlarda aholi tomonidan xotin-qizlar faolligini oshirish, aholi bandligini ta’minlash, aholining huquqiy bilimi va malakasini oshirish yuzasidan ham fikrlar bildirildi.

Teglar
- -