Mahallalarda ijtimoiy muhitni yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 14-oktabr kuni o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida mahalla infratuzilmasini yaxshilash, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish, hududlarni ishsizlik va kambag‘allikdan xoli, jinoyatchilik hamda oilaviy ajrimlardan holi hududga aylantirish bo‘yicha muhim topshiriqlar bergan edi.
Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimi hamda Samarqand tuman hokimi joylarda bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda. Ular tomonidan mahalla kesimida olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, bandlikni ta’minlash, xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash, profilaktik chora-tadbirlar samaradorligini oshirish masalalari atroflicha o‘rganilmoqda.
Tashrif davomida mahalla binolarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yettilik a’zolari uchun zamonaviy ish sharoitlari yaratish, aholiga yaqin xizmat ko‘rsatish tizimini yanada kuchaytirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Bugungi kunda tumandagi barcha mahallalarda obodonlashtirish, ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish, fuqarolarning bandligini ta’minlash hamda oilaviy muammolarni joyida hal etish borasida amaliy ishlar boshlangan. Ushbu ishlar izchil davom ettiriladi.




