insurez
17-07-2024 11:21

Mahalliy byudjet mablag‘lari va homiylik hisobidan suv inshooti quriladi


Zarnews.uz telegram kanaliga Samarqand tumani Yuqori Chordara mahallasida istiqomat qiluvchi aholidan murojaat bo‘lgan. Unda mazkur mahalladagilar 20 yildan beri ichimlik suvini tashib kelib ichishi bayon etilgan. Mas’ullarga qilingan murojaatlar esa natijasiz qolayotgani qayt etilgan.

Tuman hokimligi, “Samarqand suv ta’minoti” AJ Samarqand tumani filiali mas’ullari tomonidan holat o‘rganilgan. Qayd etish kerakki, Samarqand tumani Yuqori Chordara mahallasi hududida hozirgi vaqtda 3 dona suv inshooti mavjud bo‘lib, ushbu suv inshootlaridan mahallaning 80 foizdan ortiq aholisi ichimlik suv bilan ta’minlangan. Mahalla hududidagi yangi qurilgan 120 ta xonadonga suv tarmog‘i tortilmagan va ushbu xonadonlar aholisi tashib kelib hamda shaxsiy artezian suvidan iste’mol qilishmoqda.
Aholining ushbu murojaatlarini inobatga olgan holda 1 dona yangi suv inshooti qurish va 1,8 km suv tarmog‘i tortish masalasi joriy yildagi qo‘shimcha Davlat dasturiga kiritish bo‘yicha taklif  berilgan.
Shu bilan birga, joriy yil kuniga qadar tuman mahalliy byudjeti mablag‘lari va homiylik hisobidan suv inshootini qurilish choralari ko‘rilmoqda.

Teglar
- -