Maktablarda kasbga o‘rgatish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi
- Davlatimiz rahbarining 2023 yil 20 yanvar kuni maktablarda xorijiy tillar va kasb o‘rgatish tizimini rivojlantirish masalalari bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilishida xorijiy tillarni o‘qitish sifatini oshirish va o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish masalalari keng muhokama qilindi, - deydi tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Akbar Mahmudov. - Mazkur yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda bir qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, tumandagi 9 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2023 yil 4 sentabrdan boshlab o‘quvchilarni ikkita xorijiy til va bitta kasb-hunarga o‘rgatish amaliyotini bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish ishlari boshlandi. 2024-yil 4-yanvardan 18-20-38-39-maktablarda 216 nafar o‘quvchilar koreys, xitoy, nemis tillarini o‘rganmoqda, 319 nafar o‘quvchilar tikuvchilik, sartarosh, duradgorlik kasb-hunar o‘rganmoqda.
2024-yil 1-sentabrdan boshlab tumanimizdagi 12-13-16-37-53-maktablarda 321 nafar o‘quchilar yapon, nemis, koreys tillarini o‘rganmoqda, 465 nafar o‘quvchilar sartarosh (ayollarva erkakalar), zardo‘zlik, tikuvchilik, santexnika, milliy taomlar oshpazi kabi kasb-hunarlar o‘rgatilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-setyabrdagi “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-300-son qaroriga asosan tumandagi 10-IDUM va 39-maktablarning bo‘sh sinfxonalari xususiy o‘quv markazlariga bepul ijaraga berildi. Natijada o‘quvchilar bo‘sh vaqtlarida xorijiy tillarni va boshqa fanlarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, ushbu darslarda kam ta’minlangan oilalar farzandlari bepul o‘qitilsoqda.
Shuningdek, 2024-2025-o‘quv yillarida 12-13-16-37-53-maktablarda tashkil etilayotgan kasb-hunar o‘rgatish xonalarini jihozlash va zarur
asbob-uskuna bilan ta’minlash bo‘yicha Xalq deputatlari tuman Kengashining
2024-yil 12-avgustdagi VI-101-87-7-103-K/24-sonli “Samarqand tumani mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan mahalliy budjetning 2024-yil II chorak daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan 100 mln. so‘m ajratildi.