Milliy libos – ma’naviyat ko‘zgusi
O‘zbekona kiyinish madaniyatini targ‘ib qilish, zamonaviy kiyinishda o‘zbekona sharm-hayo me’yorlariga amal qilish, milliy an’analarimizni keng targ‘ib qilish orqali urf-odat va qadriyatlarimizga xos bo‘lmagan kiyinish uslublariga taqlidning oldini olish, yoshlarda milliy kiyinish madaniyatini shakllantirish, odobi va me’yorlariga rioya qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari doirasida tumanimizda “Milliy liboslar – ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida ko‘rik-tanlov shaklida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tmoqda.
Unda mahallalar hamda Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlaridan xotin-qizlar hamda talaba yigit-qizlar ishtirokida, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat, milliy urf-odat va an’analarimizga sadoqat, milliy liboslarning go‘zalligi va zamonaviy talqini ruhida tadbirlar o‘tkazilib kelmoqda.
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy o‘zining ta’lim-tarbiya, odob-axloqqa doir “Hayratul abror” asarida kishilarni zebu ziynatlar, molu dunyo emas, balki aql-idrok, sharmu hayo bezaydi, deya taʼkidlaydi.
Milliy kiyim masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, qadimdan inson qaysi millatga mansub ekanligi birinchi navbatda uning kiyimiga qarab aniqlangan. Har bir millat o‘ziga xos kiyinish madaniyatiga ega. Bizning milliy kiyimlarimiz dunyoning qay burchagida bo‘lmasin har qanday xalqning havasini keltirib o‘ziga mahliyo qiladi.
Bu kabi targ‘ibot tadbirlari xotin-qizlarning hamda o‘quvchilarning milliy qadriyatlarga muhabbat va e’tiborini oshirib, vatanparvarlik tuyg‘ularini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shadi, - deydi tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Baratova
S.Narzulloyeva.