16-11-2024 17:04
Muammo bartaraf etildi
Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati so‘rovida Samarqand tumani Xusayn Boyqaro ko‘chasida to‘planib qolgan chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqilmayotgani tanqid qilingan. Tuman hokimligi mutasaddi vakillari tomonidan ushbu muammo bartaraf etilib, chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqildi. Bundan tashqari hududda chiqindi tashlash holatlarining oldini olish maqsadida nazorat tadbirlari olib borilmoqda.