Muammo yechimi mas’ullar tomonidan tushuntirildi
Samarqand viloyat hokimligi axborot xizmati so‘rovida Samarqand shahar Ipak yo‘li, Baraka va Samarqand tumani Yangiravot mahallasidan o‘tuvchi yo‘lning ta’mirtalab ekanligi ma’lum qilingan. Tuman hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan mazkur muammo o‘rganildi. O‘rganish davomida haqiqatda ham Yangiravot mahallasining "Buxoriy" va "Munojat" ko‘chalari ta’mirtalabligi aniqlanda. Masul xodimlar ushbu ko‘chani ovoz to‘plash "Open byudjet" yo‘li bilan ta’mirlatish mumkinligi tushuntirildi. Kelgusida ushbu tanlovda faol ishtirok etishga chaqirdi.