insurez
25-03-2025 20:48

Murojaatchining murojaati asossiz bo‘lib chiqdi


Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand tumani “Qumzor” mahallasi “Sari Hovuz” ko‘chasida istiqomad qiluvchi Yoqub Faxriev qo‘shnisi Yaxshiyor Rashidov tomonidan uyining orqa qismida noqonuniy qurilish ishlarini olib boraytgani shikoyat qilingan post e’lon qilindi.

Tuman hokimligi, kadastrlar palatasi tuman filiali, tuman arxitektura bo‘limi va boshqa mutasaddi tashkilot vakillari tomonidan mazkur holat joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Aniqlanishicha, fuqaro Yaxshiyor Rashidovga Samarqand tuman hokimining 2007 yil 24-apreldagi 443-sonli qarori asosida qurilish ishlari olib borishi uchun 90 kvadrat metr yer ajratib berilgan. Y.R ning mazkur hududda qurilish ishlarini olib borishi uchun tuman arxitektura bo‘limi bilan kelishuvi mavjud bo‘lmaganligi sababli qurilish ishlarini to‘xatish uchun ogohlantiruv xati berildi. Fuqaro Yoqub Faxriyev tomonidan keltirilayotgan vajlar asossiz deb topildi.

Teglar
- -