insurez
14-05-2024 16:19

Ona tabiatni asrash barchamizning vazifamiz!


Tuman Matbuot uyida chiqindi bilan bog‘liq ishlarni tartibga solish, aholini ekologik madaniyatini oshirish mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i J. Xodjayev tomonidan tumanda noqonuniy chiqindi tashlash holatlarini oldini olish bo‘yicha tumanda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumot berildi.

— Muhtaram Prezidentimiz bevosita tashabbuslari va rahbarliklari ostida bugungi kunda boshqa mamlakatlar qatori respublikamizda ham dolzarb Ekologik muammolardan biri bo‘lgan chiqindi bilan bog‘liq ishlarni tartibga solish ishlari, hududlarda sanitar tozalash xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish va samaradorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda,- dedi J. Xodjayev.— Bo‘limimiz tomonidan ham 2023 yilda tumanda atrof-muhitni ifloslanishini oldini olish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazoratni olib borish bo‘yicha davlat inspektorlari tomonidan muntazam ravishda tezkor tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Mavjud 74 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari raislariga, hududlarida noqonuniy chiqindixonalarni vujudga kelishini oldini olish maqsadida mahalla hududida hosil bo‘layotgan chiqindilarni “Maroqand obod” DUK tuman filiali bilan shartnoma asosida tashib chiqib ketilishini taʼminlash, bu borada aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borildi.

Aholini ekologik madaniyatini oshirish maqsadida muntazam ravishda ommaviy axborot vositalariga, ijtimoiy tarmoqlarda, hamda viloyat teleradiokompaniyasi orqali targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Shu bilan birga joriy yilda noqonuniy chiqindixonalarni paydo bo‘lishi va ularni bartaraf qilish maqsadida tuman hududida 8 ta kuzatuv kameralar o‘rnatildi.

Lekin, shunga qaramasdan ayrim fuqarolar tomonidan belgilanmagan joylarga chiqindilarni tashlash holatlari sodir etilmoqda. Ushbu holatlar yuzasidan 2023 yil davomida  huquqbuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning tegishli moddalariga asosan jami 126 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, 44 million 596 ming so‘m maʼmuriy jarimalar qo‘llanildi.

Taʼkidlandiki, bugun ona-tabiatni asrab-avaylash faqatgina soha xodimlarini vazifasi bo‘lib qolmay, barcha fuqarolarimizdan belgilanmagan joylarga chiqindilarni tashlamaslik, barg-xazonlarni va chiqindilarni yoqmaslik, daraxtlarni noqonuniy ravishda kesmaslikni, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni so‘rab qolamiz.

Teglar
- -