insurez
07-06-2024 16:49

Qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘zgarishlarga bag‘ishgangan matbuot anjumani o‘tkazildi


Unda Samarqand tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i Azamat Shodiyev ishtirok etdi.
Ma’lum qilinishicha qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarida va Hukumat qarorlarida bayon qilingan talablar hamda qoidalarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi bo‘yicha tumanda izchil ishlar amalga oshirilmoqda. 
Misol uchun tumanda 2024 yil hosili uchun 1735 gektar boshoqli don ekinlari ekilgan, davlatga don sotish rejasi 4255 tonnani tashkil etib, bugungi kun holatiga g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari amalga oshirilmoqda.
Tumandagi qishloq xo‘jaligi ekinlari holatini o‘rganish, kerakli maslahatlar berish, agrotexnikalar bo‘yicha tavsiyalar berish bo‘yicha kengash tashkil etilmoqda. 
Bundan tashqari tumanda joriy yil 621 ta fermer xo‘jaliklar tomonidan jami 68,0 tonnaga "ELBEK T.R.J" MCHJ va  13,0 tonna "Samarqand Tian Zhu Sikl word" QK kontraktatsiya shartnomalar tuzilib, bugungi kunda yetishtirilgan pilla xom ashyosini pillaxonalarga topshirish ishlari amalga oshirilmoqda. 
Shuningdek, tumandagi asosiy ekin maydonlariga 2024-yil hosili uchun 5516 gektar ekinlari ekish rejalashtirilgan. Shundan, 1735 gektar boshoqli don (bug‘doy) ekinlari, 350 gektar moyli (soya) ekinlar, 1506 gektar sabzavot (148 gektar to‘qsonbosti usulida ekilgan piyoz, 1252 gektar bahor oylarida ekiladi), 1200 gektar kartoshka, 725 gektar ozuqa (beda, xashakli lavlagi, makka don) ekin maydonlari ekilishi rejalashtirilgan. Yuqorida aytib o‘tilgan 1506 gektar sabzavotladan esa 243 gektar pomidor, 190 gektar bodring, 190 gektar sabzi, 151 gektar piyoz, 23 gektar sarimsoqpiyoz, 21 gektar karam, 103 gektar ko‘katlar, 302 gektar shirin qalampir, 217 gektar osh lavlagini tashkil etadi.
Shu bilan birga, g‘alladan qisqartirilayotgan yer maydonlarida bog‘dorchilik, uzumchilik, poliz va sabzavotchilik, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish sohasida eksportbop qishloq xo‘jaligi ekinlari ekishni ko‘paytirish, shuningdek, aholining keng qatlamlarini jalb qilish orqali ushbu yerlardan samarali foydalanish tizimi yaratilib, tanlov g‘oliblariga malakali mutaxassislar hamda olimlar ishtirokida seminarlar o‘tkazilmoqda.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarining savollariga batafsil javob olishdi.

Teglar
- -