Qo‘shko‘prik mahallasidagi yo‘llar asfalt qilinadi
#Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand tumani “Qo‘shko‘prik” mahallasidagi yo‘llar o‘zboshimchalik bilan egallanib, suv yo‘llari berkitib tashlangani yuzasidan post e’lon qilindi.
Mazkur holatni tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Shuxrat Sharipov joyiga borgan holda o‘rgandi.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolar tomonidan yo‘l o‘zboshimchalik bilan berkitib olingan va suv yo‘li to‘silgan. Sektor rahbari ushbu holatni 15 kun muddatda bartaraf etish va suv yo‘li ochilishini, kelgusida mazkur ko‘cha asfalt qilinishini bildirdi.