insurez
03-12-2024 10:24

Qurilish sohasida o‘zgarishlar bormi?


Tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Suxrob Mirsaidov ishtirokida o‘tgan matbuot anjumanida shu savolga javob izlandi.

Qayd etilganidek, O‘zbekiston respublikasi Prezidentining PQ-404-sonli qarori asosida tumanda jami 15 ga yaqin obektda 40 mlrddan ortiq mablag‘ yo‘naltirib, qurilish ta’mirlash ishlari olib borildi. Shundan, umumtalim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida  mukammal ta’mir va kushimcha bino kurish ishlari olib borilidi.

Joriy yil boshidan boshlab jami 83 km yo‘llar ta’mirlandi, shundan 64 km dastur doirasida qolgan, 19 km ichki imkoniyat hamda mahalla tashabbuslari bilan yo‘llarga asfalt, shag‘allashtirish hamda sement-beton yotqizish ishlari amalga oshirildi. 2024 yil barcha manbalar hisobidan amalga oshirilgan ishlar natijasida, tuman bo‘yicha 1200 nafar aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanishi, 550 nafar aholi ilk bor ichimlik suvi bilan ta’minlanishi va ta’minlanish darajasi 92,6 foizdan 93,5 foizga ko‘tarilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, tumanda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida tuman hokimining qaroridagi ilovaga asosan tasdiqlangan ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda tumandagi barcha mahallalarda, ijtimoiy soha o’bektlarida hamda har xil yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalarida jumladan savdo do‘konlari, oshxona va restoranlarga  is gazidan zaharlanish tabiiy va suyultirilgan gaz shu borada elektr energiya orqali xonalarni isitish pechlaridan texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda foydalanish bo‘yicha doimiy targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borilmoqda.

Anjumanda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Teglar
- -