Ravonak mahallasida targ‘ibot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Sanepidqo‘mita Samarqand viloyat boshqarmasi, Samarqand tuman hokimligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamda SamDTU huzuridagi L.M.Isaev nomidagi mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy tadqiqot instituti bilan hamkorlikda yuqumli va parazitar kasalliklarni oldini olishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida soha mutaxassislari ota-onalarga yuqumli va parazitar kasalliklarni oldini olishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, kasallikning xavfli jihatlari bo‘yicha tushuntirish berdi.
Samarqand tumanidagi 5-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilayotgan ushbu seminar doirasida mazkur muassasa tarbiyalanuvchilari va Ravonak mahallasida yashovchi bolalar parazitar kasalliklar bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.