insurez
13-08-2024 13:43

"Safedi" sog‘lomlashtirish oromgohida Vatanparvarlik festivali o'tkazildi


Samarqand garnizonidagi harbiy qism targ'ibot guruhi tomonidan Samarqand tumanida joylashgan "Safedi" sog‘lomlashtirish oromgohida yoshlarni dam olish vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida  "BIZ BIR BO‘LSAK - YAGONA XALQIMIZ, BIRLASHSAK-VATANMIZ!" shiori ostida Vatanparvarlik festivali o'tkazildi.

Festival davomida harbiy xizmatchilar tomonidan qo'l jangi chiqishlari, qurol aslaha ko'rgazmasi va bolajonlar uchun Vatanni madh etuvchi musiqiy konsert dastur hamda turli hil qiziqarli o'yinlar namoyish etildi.

Teglar
- -