insurez
23-04-2024 16:27

“Samarqand suv ta’minoti” MChJ Samarqand tuman filiali rahbari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi


- Bugungi kunda tuman hududida istiqomat qilayotgan 266, ming nafar aholidan, 234,1 ming nafari markazlashgan ichimlik suv bilan ta’minlangan bo‘lib, ta’minlanish darajasi 92,6 foiz ni tashkil etadi, - deydi “Samarqand suv ta’minoti”MChJ Samarqand tuman filiali rahbari Azizjon Fayziqulov. - Hududda 210 ta suv inshooti, 215 ta suv qudug‘i va 305,2 km ichimlik suv tarmog‘i mavjud, shundan 87 ta suv inshootiga “Samarqand suv ta’minoti” MChJ tuman filiali tomonidan xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Tumandagi 74 ta mahalla fuqarlar yig‘inlaridan 64 tasi markazlashgan ichimlik suv bilan to‘liq ta’minlangan, 10 tasi qisman ta’minlangan, ushbu mahallalarni ham ichimlik suv bilan to‘liq ta’minlash dasturga kiritilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil
26 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408-sonli qaroriga muvofiq tuman hududidagi mahallalarda ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimi ob’ektlarini qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Qayd etish lozimki, “Parrandachilik” MFY Mehrobod qishlog‘idagi 1 dona ko‘p qavatli xonadonni ichimlik suv ta’minotini yaxshilash uchun 1 dona suv inshooti qurish, “Xaymari bolo” mahallasi aholisini ichimlik suv ta’minotini yaxshilash maqsadida 1 dona suv inshooti va ichimlik suv tarmog‘i qurish, “Xaymari poyon” mahallasi hududidagi 110 dan ortiq xonadon aholisini ichimlik suv bilan ta’minlash uchun 1 dona suv inshooti va ichimlik suv tarmoqlari qurish, “Chorshanbe” mahallasi aholisini ichimlik suv ta’minotini yaxshilash maqsadida 1 dona suv inshootini qayta ta’mirlash, “Yangiariq” mahallasi hududidagi 150 dan ortiq honadonlar aholisini ichimlik suv ta’minotini yaxshilash maqsadida 1 dona suv inshooti va ichimlik suv tarmoqlari qurish, “Pulimug‘ob” mahallasi ag‘olisining suv ta’minotini yaxshilash maqsadida 1 dona suv inshootini qayta ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan.

Shuningdek, “Navobod” mahallasi hududidagi 50 dan ortiq xonadonlarni ichimlik suv ta’minotini yaxshilash maqsadida suv tarmoqlarini almashtirish, “Jo‘yiabbos” mahallasi hududidagi 60 ga yaqin yangi qurilgan xonadonlarni ichimlik suv bilan ta’minlash maqsadida 1 dona suv inshooti va ichimlik suv tarmog‘i qurish, “Diyor” mahallasi hududidagi suv inshooti qayta ta’mirlash, “Rajabamin” mahallasi hududidagi 180 dan ortiq xonadonlarda yashovchi aholini ichimlik suv ta’minotini yaxshilash maqsadida ichimlik suv tarmog‘i tortish, “Nayzatepa” mahallasi aholisini ichimlik suv ta’minotini yaxshilash maqsadida 1 dona suv inshooti va ichimlik suv tarmoqlari qurish, “Talibarzui poyon” MFY Bog‘itillo guzari aholisini ichimlik suv ta’minotini yaxshilash maqsadida 1 dona suv inshooti qurish, “Jo‘yisoy” MFY Vatanparvar ko‘chasida yashovchi aholini ichimlik suv ta’minotini yaxshilash maqsadadi ichimlik suv tarmog‘i tortish, “Ipakchi” mahallasi aholisini ichimlik suv ta’minotini yaxshilash maqsadida 1 dona suv inshooti va ichimlik suv tarmoqlari qurish, “Jarqishloq” mahallasi aholisini ichimlik suv tarmoqlarini yaxshilash maqsadida 1 dona suv inshootini qayta ta’mirlash va “Urganji”, “Qaynama”, “Yuqori Chordara”, “Gulobod”, “Xishrav” mahallalari aholisiga oqova suv xizmatini ko‘rsatilishini yanada yaxshilash maqsadida oqova suv tarmog‘ini tortish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgi kunda quruvchi tashkilotlar tomonidan qurilishi ishlari yakuniga yetkazilgan.
Shuningdek, qo‘shimcha dastur asosida “O‘rtashiq” mahallasida 1 dona yangi suv inshooti va suv tarmog‘i qurildi va “Talibarzui bolo” mahallasi hududidagi 1 dona mavjud suv inshooti qayta ta’mirlanib foydalanishga topshirildi.
2023 yil barcha manbalar hisobidan amalga oshirilgan ishlar natijasida, tuman bo‘yicha 6,9 ming nafar aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanishi, 2,5 ming nafar aholi ilk bor ichimlik suvi bilan ta’minlanishi va ta’minlanish darajasi 92,6 foizdan 93,5 foizga ko‘tarilishi ko‘zda tutilgan.

Teglar
- -