insurez
22-09-2025 18:45

Samarqand tumani hokimi Rossiya Federatsiyasida muzokaralarda


Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari Xurshidbek Samiyev ва Samarqand tumani hokimi Sirojiddin Usmanov boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg ва Moskva viloyatlariga rasmiy tashrif buyurib, samarali uchrashuv ва muzokaralar o‘tkazib qaytdi.
Hamkorlik muzokaralari
Tashrif davomida ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, investitsion loyihalarni amalga oshirish ва savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazildi. Samarqand tumani investitsiya salohiyati bo‘yicha taqdimotlar qilinib, “B2B” ва “B2G” uchrashuvlarda xorijiy tadbirkorlar bilan muhim kelishuvlarga erishildi

Sankt-Peterburgda
Delegatsiya “VITRULUX” korxonasida bo‘lib, zamonaviy tun chiroqlari, temir ustunlar ва turli xil yoritish moslamalari ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Korxona rahbariyati Samarqand viloyatiga tashrif buyurishga taklif qilindi.
Shuningdek, Piterdagi agro-logistika markazi faoliyati o‘rganilib, Samarqanddan eksport qilinayotgan meva-sabzavotlar hajmini ko‘paytirish, jahon bozorida mahsulotlarimizni yanada keng targ‘ib etish masalalari muhokama qilindi.Moskva viloyatida
Delegatsiya Rossiyaning mashinasozlik sanoatidagi yetakchi korxonalardan biri — “Lyubereckiy zavod MONTAJAVTOMATIKA” faoliyati bilan tanishdi. Korxonaning ishlab chiqarish liniyalari, mashina-texnikalari ва tayyor mahsulotlari ko‘zdan kechirildi.
🤝 Zavod rahbariyati bilan muzokaralarda Samarqand viloyatida umumiy qiymati 80 million AQSh dollariga teng, yiliga 3000 dona mahsulot ishlab chiqarishga qodir zamonaviy korxona tashkil etish istiqbollari muhokama qilindi.

Ushbu tashriflar davomida shakllangan kelishuvlar Samarqand viloyati ва tumanining investitsion jozibadorligini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish ва xalqaro hamkorlikni kengaytirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Teglar
- -