insurez
21-10-2024 13:48

Samarqand tumani hokimi Sirojiddin Usmanovning bayram tabrigi


QADRLI TUMANDOSHLAR! 

Bugungi bayram, 21-oktabr – "O‘zbek tili bayrami kuni" bilan barchangizni chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Ona tilimiz – istiqlolimiz timsoli, milliy ma’naviyatimizning bitmas-tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir!

Yurtboshimiz boshchiligida davlat tilimizning yanada ravnaq topishida uzluksiz amalga oshirilayotgan izchil ishlar bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

Vatanimiz taraqqiyoti, ona tilimiz hamda milliyligimiz barhayot bo‘lsin!

 

Teglar
- -