insurez
02-11-2024 15:21

Samarqand tumani hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Madina Baratova ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi


Anjumanda “Ayollar daftari”ning 5-bosqichi doirasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.

Qayd qilindiki, ko‘p yillik tarixga ega bo‘lgan o‘zbek xalqi qadimdan ota-bobolar an’analariga sodiq bo‘lgan holda axloq prinsiplariga asoslangan oilani mustahkamlash, ona va bolalar manfaatlarini har tomonlama muhofaza qilish va har qaysi bolaga baxtli bolalikni ta’minlash, kishilarda oila oldida ma’sul bo‘lish hissini tarbiyalash – nikoh va oila to‘g‘risidagi qonunchiligining muhim vazifalaridan biri hisoblangan. O‘zbekistonda oilani mustahkamlashga, yosh avlodni jismoniy va ruhiy sog‘lom qilib tarbiyalashga katta ahamiyat berilmokda.

Oilalar tinchligini asrash, ularning turmush tarzini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘zining ijobiy samarasini berib, Samarkand tumanida  ajrimlar soni kamayishiga erishilmoqda.

Oilaviy ajralishlar bilan bog‘liq holatlarning asosini sha’riy nikoh asosida yashab, keyin nikohni rasmiylashtirgan oilalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. O‘n yil yashab farzandli bo‘lgan oilalar bor. Bular qonuniy nikohdan o‘tishi uchun birinchi nikohini bekor qilishlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Xozirgi kunda Oila — hayotning abadiyligi, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan tarbiya o‘chog‘idir. Ammo so‘nggi yillarda  hayotning sinovlari oldida ayrim oilalar bir-birini tushunib harakat qilish o‘rniga turli sabablarga ko‘ra oilaviy ajrimlarining oshib borayotganiga guvoh bo‘lyapmiz.

Shu borada Samarkand tumanida 2023 yil 9 oy mobaynida 231 nafar ajrim bo‘lgan bo‘lsa, 2024 yilda 9 oy mobaynida 185 nafarni tashkil kilib, 46 nafarga kamayganligini aytib o‘ta olamiz. Notinch oilalar soni hozirgi kunda umumiy 127 tani tashkil kilgan bo‘lib, ularni xar biri bilan individual ishlar olib borilmoqda.

Ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir, ishsiz va ijtimoiy faol bo‘lmagan xotin-qizlar bilan «Ayollar daftari»ni yuritish orqali ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularni ijtimoiy — huquqiy, psixologik, tibbiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek,  «Ayollar daftari» ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish maqsadida tuman hokimligida jamg‘arma shaklidagi «Ayollar daftari» ro‘yxatiga kiritilgan.

Shu borada, “Ayollar daftari” 5-bosqich ishlarini tizimni tashkil etish maqsadida bu yil 74 ta mahallada so‘rovnoma o‘tkazilganda ijtimoiy himoyaga muxtoj xotin-qizlarni 8624 nafarini “Ayollar daftari”ga 6 toifa bo‘yicha ro‘yxati shakillantirildi.

1-toifaga 3710 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar xar biri ish bilan ta’minlandi.

2-toifaga 212 nafar tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan extiyojmand xotin-qizlar xar biri kridit olib o‘z ish faoliyatini olib bormoqda.

3-toifaga 2301 nafar boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar, har biriga  ayollar jamg‘armasidan va xomiylar tomonidan  bir martalik moddiy yordamlar ko‘rsatildi va shu jumladan 43 nafar xotin-qizlarni uy-joylari ta’mirlab berildi.

4-toifaga 1489 nafar ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga xam ayollar jamg‘armasidan xomiylar tomonidan bir martalik moddiy yordamlar ko‘rsatildi. Shu bilan birgalikda  23 nafariga dori darmonlar 7 nafariga jaroxlik uchun pul mablag‘lari ajratildi. Shu jumladan I va II guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni 15 nafarini  uy-joyi ta’mirlab berildi.

5-toifaga 50 nafar uy-joyga muxtoj, shu jumladan 6 nafar, uy-joy bilan ta’minlanadigan va 44 nafariga ijara kompensasiya to‘lab berildi.

6-toifaga 859 nafar qaramog‘ida nogironfarzandi bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlarga moddiy yordam pullari ajratildi va manzilli yordamlar ko‘rsatildi.

Anjumanda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.

Teglar
- -