insurez
09-04-2025 09:31

Samarqand tumani hokimining o‘rinbosari turizm boshqarmasiga rahbar bo‘ldi


Ushbu tayinlov viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ishtirokida o‘tkazilayotgan viloyat turizmni rivojlantirish jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Suyunov Jo‘rabek Bahriddinovich viloyat turizm boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
J.Suyunov tayinlovga qadar Samarqand tumani hokimining o‘rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Teglar
- -