Samarqand tumani hokimning birinchi o‘rinbosari Firdavs G‘aniev ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
Anjumanda o‘tgan olti oy davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan so‘z bordi.
Qayd etilganidek, joriy yilning o‘tgan davrida asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarda o‘sish kuzatildi. Xususan, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1 331,8 mlrd so‘mni qishloq xo‘jaligi ishlari hajmi 1013,2 mlrd so‘mni, qurilish-pudrat ishlari hajmi 167,2 mlrd so‘mni, chakana savdo aylanmasi hajmi 1581,5 mlrd so‘mni, xizmatlar hajmi jami 1110,3 mlrd so‘mni tashkil etdi.
2024 yil yakuni bilan erishiladigan asasiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi bo‘yicha, jumladan, sanoat mahsulotlari ishlab chikarish hajmini 106,5 foizga oshirish orqali 2 624,2 mlrd. so‘mga еtkazish, xizmat ko‘rsatish hajmini 115,9 foizga oshirish orkali 2840,8 mlrd. so‘mga, qurilish pudrat ishlari hajmini 105,3 foizga oshirish orkali 753,1 mlrd. so‘mga, savdo yo‘nalishi hajmini 109,1 foizga oshirish orkali 3025,8 mlrd. so‘mga еtkazish rejalashtirilgan.
Aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlari yaratish yo‘nalishida ham qator ishlar olib borildi. Masalan, joriy yilda aholini doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda bandligini ta’minlashning maqsadli dasturiga muvofiq 23 814 ta ish o‘rinlarini yaratish belgilangan. Xususan, investitsiya loyihalari hisobiga 2 322 ta, xizmat ko‘rsatish sohasida 13 635 ta, qishloq xo‘jaligida 6 782 ta, qurilishda 1 075 ta ish o‘rinlari yaratiladi. Amalda еtti oylik yakunlariga ko‘ra yanvar-iyul oylari davomida 17 723 ta ish o‘rinlari tashkil qilingan bo‘lib, belgilangan reja 144 foizga bajarildi.
2024 yilda tumanimizda jami 78 mlrd, 300 mln. so‘m moliyaviy resurslarni o‘zlashtirish ham rejaga kiritilgan. Xususan, “Biznesga birinchi qadam” yo‘nalishida 2 mlrd. so‘m, “Biznesni rivojlantirish banki”ning moliyaviy manbaalari hisobidan 22 mlrd. 200 mln. so‘m, “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi”dan 52 mlrd. so‘m, fermer, dexqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘laridan 1,2 mlrd. so‘m, aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi hisobidan 2,0 mlrd. 700 mln. so‘m mablag‘lari o‘zlashtirilishi maqsad qilingan.
Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida aholini tadbirkorlikka jalb kilish, aholi bandligini ta’minlash buyicha keng kulamli ishlar amalga oshirildi. Aholini moliyaviy instrumentlar orkali kullab-kuvvatlash, kredit va subsidiya mablag‘lari ajratish orkali bandligini ta’minlash ishlari amalga oshirildi. Xususan, o‘tgan davr mobaynida 1997 ta 33 mlrd. 800 mln. so‘mlik kredit mablag‘lari ajratildi. Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 1648 ta 21 mlrd. 496 mln. so‘m, “Biznesga birinchi kadam” dasturi buyicha 225 ta 1 mlrd. 2 mln.sum, “Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturi” doirasida 151 ta 13 mlrd. 261 mln. so‘m mablag‘lar ajratildi.
Anjumanda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.