insurez
06-05-2024 19:56

Samarqand tumani hududida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda


2024 yilning o‘tgan 3 oyi davomida Samarqand tumani hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish, qidiruvda yurgan shaxslarni ushlash, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida huquqni muhofaza etuvchi organlar, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, ta’lim muassasalari, tuman hokimligi, sog‘liqni saqlash bo‘limi va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Tumandagi 74 ta mahalladan 3 tasi “qizil”, 10 tasi “sariq” va 61 tasi “yashil” toifaga kiritilgan.
2023 yilga nisbatan tuman bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik holatlarini aniqlash 805 taga ko‘paygan. Shu jumladan, ma’muriy chora qo‘llash vakolati doirasida aniqlangan huquqbuzarliklar 2023 yil 3 oyida 2113 tani tashkil etib, har bir xodimga 28.5 tadan to‘g‘ri kelgan.
2024 yilning 3 oyi mobaynida profilaktika inspektorlari vakolati doirasida aniqlagan huquqbuzarliklar bo‘yicha 379  million, 613 ming 222 so‘m jarima belgilangan. 
16 nafar voyaga yetmagan shaxslar Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlariga, 6 nafar shaxslar REMga joylashtirildi. Tumanimizda istiqomat qiluvchi 20 nafar xotin-qizlarimizga himoya orderlari berildi. 335 nafar shaxslar profilaktik hisobga olinib, ular bilan hozirgi kunda profilaktik ishlar olib borilmoqda.
Shuni ham tahkidlash kerakki, probatsiya guruxida jami 509 nafar nazorat ostidagi shaxslar mavjud bo‘lib, shundan ayollar 36 nafar, yoshlar 131 nafar, voyaga yetmaganlar 8 nafarni tashkil etadi. 
Kelgusida tuman hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, tezkor vaziyatni doimiy nazorat qilish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Qonun hamda IIVning Hay’at Qarorlari, buyruq, ko‘rsatma, reja hamda me’yoriy hujjatlari, viloyat IIB boshlig‘ining buyruq, ko‘rsatma, farmoyish talablari ijrosini ta’minlash maqsadida o‘zimizga tegishli chora-tadbirlab belgilab oldik. Xalqimizning tinchligi va osoyishtaligi yo‘lidagi ishlarni yanada jadallashtirish asosiy maqsadimiz.
Sh.Tursunov,
Samarqand tumani IIB boshlig‘i,
o‘rinbosari.

Teglar
- -