Samarqand tumanida 30 ming 597 nafar pensiya oluvchilar mavjud
“Gulobod tongi” gazetasi tahririyatida o‘tkazilgan matbuot anjumanida pensiya tizimidagi yangiliklar borsaida so‘z yuritildi.
Unda Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Samarqand tuman bo‘limi boshlig‘i Baxtiyor Qosimov ishtirok etdi.
- Nogironligi bo‘lgan shaxslar, boquvchisini yo‘qotganlar, yolg‘iz keksalar, umuman, ko‘makka muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash, albatta, ustuvor vazifamiz, - deydi B.Qosimov. - Samarqand tuman Pensiya jamg‘armasi tizimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan barcha xodimlarning asosiy maqsadi ham aholi turmush darajasini ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan yaxshilanishi, ularga pensiya ta’minoti sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirishga xizmat qilishdan iborat.
Barchamizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Pensiya va nafaka oluvchilarga kator kulayliklar yaratish maksadida aholini ijtimoiy himoya qilish va ehtiyojmand oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash borasida bir qator Qaror va Farmonlar chiqarildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 18 martdagi O‘RQ 922-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga fuqarolarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni asosida fuqaro yoki uning qonuniy vakili pensiya tayinlashni so‘rab o‘z tanloviga ko‘ra quyidagi usullardan birini qo‘llagan holda murojaat qilish huquqiga ega.
Doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga ariza bilan, yashash joyidan qati nazar, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat xizmatlari markazida so‘rovnoma to‘ldirgan holda, O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali so‘rovnoma to‘ldirgan holda.
2024 yil 1 yanvardan Pensionerga hisoblab chiqarib qo‘yilgan, lekin uning tomonidan o‘z vaqtida talab qilib olinmagan pensiya puli pensiyani olish maqsadida murojaat etilganidan oldingi yigirma to‘rt oydan oshmagan davr uchun to‘lanadi.
Bundan tashqari Samarqand tumanida 2024 yil 1 may holatiga 30597 nafar pensiya oluvchilar mavjud bo‘lib, bunda 25752 nafari yoshga doir, 2887 nafari nogironlar va 1958 nafari boquvchisini yuqortganlik pensiya oluvchilarni tashkil qiladi. 2024 yilning o‘tgan davrida pesiya tayinlash masalasida 1078 nafar fuqarolar murojaat qilgan bo‘lsa, shundan 298 nafari davlat xizmatlari markazlari orqali kelib tushgan.
Bu boradagi ishlarni jadallashtirish, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Anjumanda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.