Samarqand tumanida 83 ta issiqxona xo‘jaliklari tomonidan 106 gektar yer maydonda issiqxonalar tashkil etilgan
Ommaviy axborot vasitalari xodimlari uchun Samarqand tumanida faoliyat olib borayotgan issiqxonalarga press-tur tashkil etildi.
Junalistlar Chordara MMTP hududida faolyat yuritib kelayotgan “MANRESSA” MChJ ga qarashli Kareya tajribasi asosida qurilgan issiqxona faoliyati bilan tanishdi. Qayj etish kerakki, mazkur issiqxona 1,2 gektar maydonga ega bo‘lib, bu yerda bodring mahsuloti ekib parvarish qilinmoqda. Ishtirokchilar mazkur mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil qilingan ish o‘rinlari, eksport hajmi va boshqa savollariga javob olishdi.
Ma’lumot uchun Samarqand tumanida issiqxona yo‘nalishi bo‘yicha 83 ta issiqxona xo‘jaliklari tomonidan 106 gektar yer maydonda issiqxonalar tashkil etilib, limoniriya, ko‘katchilik hamda pomidor, bodring mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Shundan 34 ta 68,4 gektar Koreya texnalogiyasi asosida qurilgan, 1 ta 3 gektar Rasiya texnalogiyasi, 1 ta 1,7 gektar Xitoy texnalogiyasi va 47 ta 32,9 gektar zamonaviy mahalliy usulda qurilgan. Issiqxonalar suvni tejovchi texnalogiyalar asosida sug‘oriladi. Tuman issiqxona xo‘jaliklarida 4 ta 8 gektar gidroponika usulida mahsulot yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan va qolgan 79 ta 98 gektari yerda, ya’ni tuproq usulida mahsulot yetishtiradi.
Tumandagi issiqxonalardan 2024-2025 yil mavsumida yetishtiriladigan mahsulotlar jami 2 ming 906 tonna. Shu jumladan 2 ming 750 tonna sabzavod, 102 tonna sitrus mahsulotlari va 54 tonna boshqa mahsulot yetishtirish ko‘zda tutilgan.