Samarqand tumanida futbol va mini-futbol bo‘yicha "DXX kubogi" musobaqalari boshlandi
Musobaqaning ochilish marosimida tuman hokimi S.Usmanov, DXX tuman bo‘limi mas’ullari ishtirok etib, mamlakatimizda sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, an’anaviy “DXX kubogi” turniri yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, futbolni ommalashtirish, iqtidorli yoshlarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.
Shundan so‘ng, kubok doirasidagi bahslarga qur’a tashlandi hamda tumanning Ohalik va Qo‘shtamg‘ali mahallalari jamoalari o‘zaro bahslashdi.
Musobaqada 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar futbol va mini-futbol, qizlar esa mini-futbol bo‘yicha ishtirok etmoqda.
Qayd etish kerakki, kubokning tuman saralash musobaqalari aprel-may, viloyat bo‘yicha saralash bahslari iyun-iyul va respublika final musobaqalari avgust oyida bo‘lib o‘tadi.