insurez
06-07-2025 10:27

Samarqand  tumanida g‘alladan bo‘shagan maydonlardan samarali foydalanish, takroriy ekinlarni sifatli ekish, ishsiz fuqarolarni ish bilan band qilish va bozorlarni arzon, sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash


Samarqand  tumanida g‘alladan bo‘shagan maydonlardan samarali foydalanish, takroriy ekinlarni sifatli ekish, ishsiz fuqarolarni ish bilan band qilish va bozorlarni arzon, sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida tumanning Yangiariq, Maroqand Navro‘z hamda Fotima Qosimova  agrotexservis hududlarida amaliy seminarlar tashkil etildi. Tadbirda mutasaddi tashkilotlar, fermer xo‘jaliklari vakillari hamda agronomlar ishtirok etdi. Alohida faollik ko‘rsatayotgan ilg‘or fermer xo‘jaliklar:  Burxon Bobo, Iskandar Egamberdiyvich, Isommidinov Najmi bog'lari, Karimova Mingdona bog'lari, Mirzoev Xamroqul, N.K.Mramor, Olimova Shaxrizoda, Oxalik Sut maxsulotlari, Rabbimov Amirjon Akmalovich, Rabbimova Vazira, Rofeev Mizrob bog'lari, Rustamov T.A, Savriddinov noz ne'matlari, Sardorbek agro Sabzavot, Suxrob Baxriev bog'lari,Suyunov Akbar qodirovich, Turdiev egamberdi bog'i, Ulmasov Faridun bog'lari, Usmonov G'ofur, Nodirjon bog'lari 111 fermer xo‘jaliklaridir.  Tumanda olib borilayotgan bu kabi tizimli ishlar – oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, eksport hajmini oshirish va ichki bozorni narx-navo barqarorligini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Samarqandlik dehqon va fermerlar bugungi  iqlim va iqtisodiy sharoitlarda yurtimiz farovonligi yo‘lida o‘zining fidokorona mehnati bilan ulkan hissa qo‘shmoqda.

Teglar
- -