insurez
06-09-2025 11:21

Samarqand tumanida “Ilk rivojlantirish” markazi ochildi


Samarqand tumanida “Ilk rivojlantirish” markazi ishga tushirildi. Mazkur markaz maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirishga xizmat qiladi.

 

Bugungi kunda tumandagi 3–6 yoshli 24 ming 904 nafar boladan 17 ming 132 nafari yoki 68,5 foizi 218 ta maktabgacha ta’lim tashkilotiga jalb etilgan. Endilikda 53-maktab binosida joylashgan markaz orqali qamrov yanada kengayadi.

Markaz 3–6 yoshli bolalar uchun “O‘yin guruhlari” va 2–7 yoshli alohida ta’limga ehtiyoji bor bolalar uchun “Maxsus maktabgacha ta’lim xizmati” asosida faoliyat yuritadi. Jami 160 nafar bola ta’limga jalb qilinadi.

Rasmiy ochilish marosimida tuman hokimi S.Usmanov hamda mutasaddilar markaz yosh avlodni maktab ta’limiga puxta tayyorlashda muhim o‘rin tutishini ta’kidladilar.

Teglar
- -