insurez
06-09-2025 15:17

Samarqand tumanida “Kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati” oʻz ishini boshladi.


 Tumanda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan “Kunduzgi qatnov asosida qarab turish” xizmatining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. 

Tumanning "O'zbekkenti mahallasida yakka tartibdagi tadbirkor Jurakulova Xumora Baxodir qizi  tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur muassasa haftasiga 5 ish kuni, kuniga 8 soatgacha faoliyat yuritadi hamda “Kambag‘allik reyestri” yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oila a’zosi bo‘lgan, o‘zgalar parvarishiga muhtojligi 62 ballgacha baholangan 7 nafargacha shaxslarga xizmat ko‘rsatadi.

Bunda ularga qarab turish, parvarishlash, muloqot qilish, shaxsni o‘z-o‘ziga xizmat qilishga o‘rgatish, tyutorlik kabi xizmatlar taqdim etiladi. Muassasada buning uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan boʻlib, xizmatdan foydalanuvchilarga kuniga 1 mahal issiq ovqat va 2 mahal yengil taom beriladi.

Teglar
- -