insurez
03-05-2024 19:51

Samarqand tumanida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab foydalanishga topshirildi


Maktabning ochilish marosimida Xalq ta’limi vaziri Xilola Umarova, senat azosi Rustam Xolmurodov, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig'i, tuman hokimi va mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar mustaqilligimizning keyingi yillarida ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirishga qaratilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasiga to‘xtaldi.

Qayd etish kerak, tumanimizda barpo etilgan 504 o‘ringa ega Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Samarqand filialida barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Alohida e’tiborli jihati shuki, qisqa fursat ichida 49 mlrd. 600 mln. so‘m byudjet mablag‘lari evaziga bunyod etilgan mazkur muassasada o‘quvchilar uchun 58 ta o‘quv xonasi, 250 o‘rinli faollar zali, 224 o‘rinli yotoqxona, 250 o‘rinli oshxona mavjud. 50 o‘rinli maktab kutubxonasida 500 dan ziyod eng sara kitob va qo‘llanmalardan iborat fond bor.

Tadbirda ishtirokchilar maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Shundan so‘ng maktab hududiga daraxt ko‘chatlari ekishdi.

Teglar
- -