insurez
17-05-2024 15:15

Samarqand tumanida qanday loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda?


“Gulobod tongi” tahririyatida tashkil etilgan matbuot anjumanida ushbu savollarga javob topildi.

Unda tuman qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i Zoxidjon Turdiyev ma’lumot berdi.

- Samarqand tuman qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi tomonidan joriy yilning utgan davrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 2022-yil 20-apreldagi “Qurilish sohasiga oid yagona ma’muriy qurilish reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 200-sonli qarori asosida davlat xizmatlari markazi orqali fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar joylarga chiqib o‘rganib chiqilmoqda, - deydi Z.Turdiyev. – Jumladan, Samarqand tumanida joylashgan Ohalik MFY hududida davlat maktabgacha ta’lim muassasasini joriy ta’mirlash bo‘yicha ruxsatnomalar rasmiylashtirilib, hozirgi kunda qurilish ishlari to‘liq bajarilib, foydalanishga topshirilgan. Samarqand tuman Quyi Turkman mahallasi hududida ko‘p qavatli uy-joylar qurish bo‘yicha ruxsatnomalar ramiylashtirilib, bugungi kunda qurilish ishlari olib borilmoqda.

Samarqand tumanida 2023-yilda 11 ta ko‘p qavatli uy-joylar kurilish ishlari amalgalga oshirilib, jami 936 xonadon foydalanishga topshirildi. Bundan tashqari, 78 ta ko‘p qavatli turarjoy binolar mavjud bo‘lib, mazkur ko‘p qavatli uy-joylardan 53 tasi 2 qavatli, 5 tasi 3 qavatli, 9 ta 5 qavatli, 11 tasi 4 qavatli uylardan iborat. Barcha xonadonlar elektr energiyasi, tabiiy gaz va toza ichimlik suv tarmog‘i bilan ta’minlangan.

Ko‘p qavatli turar joy binolariga “Abduraxmon Qilich” MChJ kompaniyasi tomonidan xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. Har bir ko‘p qavatli uy-joylarga ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

2023 yilda “Yangijoy” mahallasida joylashgan 2 ta ikki qavatli va Parrandachilik hamda Mehrobod mahallalaridagi uy-joylar atrofi obodonlashtirilib, binoning tashqi fasadlari va muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari ta’mirlandi. Shuningdek ushbu mahalladagi 2 qavatli uylar oldiga 13 ta tungi yoritish chiroqlari o‘rnatilib bollar maydonchalari qayta ta’mirlandi.

Ushbu ko‘p qavatli turar joy binolarining atroflari obodonlashtirilib, bo‘sh yer maydonlariga “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida mevali va manzarali daraxtlar ekildi.

Axolini bandligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2022 yil 14-fevraldagi 71-sonli qarori bilan “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qarorining  2-ilovasi “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi to‘g‘risida”gi nizomining 2-xatboshi asosida 2023-yil davrida tumanimiz hududidan 30 gektarga yakin yer maydonlari tadbirkorilik faoliyatini yuritmoqchi bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan sotib olingan va xozirgi kunda tadbirkorlik faoliyati olib borilmoqda.

Teglar
- -